Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida jami 6 925 nafar Yaponiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 3 ming nafarga yoki 1,7 barobarga oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekistonga tashrif buyurgan Yaponiya fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayyohlik – 6 356 nafar
qarindoshlarni yo‘qlash – 270 nafar
xizmat yuzasidan – 253 nafar
o‘qish – 45 nafar
davolanish – 1 nafar



