Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2026-yilning yanvar-mart oylarida 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 20,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 69 ming tonna banan import qilingan.

Banan importi hajmi 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,3 ming tonnaga yoki 44,7 foizga oshgan.

Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p banan yetkazib bergan davlatlar:

— Ekvador – 53,5 ming tonna;

— Xitoy – 11,1 ming tonna;

— Turkiya – 3,4 ming tonna;

— Rossiya – 404,3 tonna;

— Boshqa davlatlar – 555,8 tonna.

banan_p70454