Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyotning yalpi qo‘shilgan qiymati 102,7 trillion so‘mni tashkil etdi.
Uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 22,9 foizni tashkil etdi.
Kuzatilmaydigan iqtisodiyot tarkibi quyidagicha:
Uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslar faoliyati - 69,1 trln so‘m,
YaIMdagi ulushi 15,4%;
Yashirin iqtisodiyot - 33,6 trillion so‘m,
Yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 7,5%.
Faoliyat turlari bo‘yicha uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslar faoliyati hamda yashirin iqtisodiyot hajmi tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 81,1%, xizmatlar sohasi 24,5%, qurilish 23,9%, sanoat 6,7% ni tashkil etgan.



