Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi qariyb 165,9 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,9 % ga o‘sgan.

1-may holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 101 182 tani tashkil qildi.

Mazkur davrda ulgurji savdo tovar aylanmasi 155,9 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,7 % o‘sish qayd etildi.

1-may holatiga respublikamizda ulgurji savdo sohasida 57 301 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.

intro-1691082489_p73044