Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 5,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 26,2 ming tonna piyoz eksport qilgan.

Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 ming tonnaga yoki 41,2 foizga kamaygan.

Mazkur davrda O‘zbekiston eng ko‘p piyoz yetkazib bergan davlatlar:

Turkmaniston – 8,7 ming tonna;

Rossiya – 8,4 ming tonna;

Iroq – 5,3 ming tonna;

Eron – 2,2 ming tonna;

Qirg‘iz Respublikasi – 1,4 ming tonna;

Boshqa davlatlar – 260,4 tonna.

pijoz_p90054