Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 903,1 mingta avtotransport vositalari ro‘yxatga olingan.
Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar (jamiga nisbatan ulushi 92,8 %) tashkil etadi. 2025-yilning mos davriga nisbatan avtomobillar soni 344,6 mingtaga oshgan.
Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
– yengil avtomobillar – 4 552,3 ming dona;
– yuk avtomobillari – 330,3 ming dona;
– mikroavtobuslar – 7,5 ming dona;
– maxsus transport vositalari – 7,2 ming dona;
– avtobuslar – 5,8 ming dona.



