Milliy statistika qoʻmitasida 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan yosh xodimlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Z. Ziyayev, Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi yetakchi inspektori hamda qoʻmitaning yosh xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning inson salomatligi, oila, jamiyat va kelajak avlod hayotiga salbiy taʼsiri haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, zararli illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda huquqiy xabardorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Mutaxassislar tomonidan giyohvandlikka qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, ushbu yoʻnalishdagi qonunchilik talablari, javobgarlik masalalari va profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida yosh xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.


