Milliy statistika qo‘mitasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ullari ishtirokida xodimlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-amaliy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida yong‘in xavfsizligi qoidalari, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi, favqulodda holatlarda evakuatsiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish hamda xodimlarning tezkor va muvofiqlashtirilgan harakat qilishi bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mas’ullar tomonidan maxsus texnik vositalar va yong‘in o‘chirish jihozlaridan foydalanish tartibi ko‘rsatib berildi. Tadbir xodimlarning xavfsizlik madaniyatini oshirish va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini kuchaytirishga xizmat qildi.



