Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 210,2 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,7 foizga o‘sgan.

1-iyun holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 88 686 tani tashkil qildi.

Mazkur davrda ulgurji savdo tovar aylanmasi 209,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,4 % o‘sish qayd etildi.

1-iyun holatiga respublikamizda ulgurji savdo sohasida 55 216  ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.

photo_2026-07-02_16-40-32_p86977