Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–may oylarida O‘zbekistonga 3 328 nafar Gruziya fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 31,7 foizga oshgan.
Gruziyaliklarning safar maqsadlari tahlil qilinganda — sayohat maqsadida 2 305 nafar, xizmat yuzasidan 766 nafar, qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida 254 nafar va o‘qish uchun 3 nafar tashrif qayd etilgan.
Shuningdek, mazkur davrda O‘zbekistondan Gruziyaga jami 3 317 nafar fuqaro turistik maqsadlarda safar qilgan.
Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,6 foizga oshgan.
O‘zbekistonliklarning ham safar maqsadlari tarkibida sayohat ustunlik qilib, 2 993 nafarni tashkil etgan. Shuningdek, qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida 258 nafar, davolanish uchun 33 nafar, xizmat yuzasidan 25 nafar hamda o‘qish uchun 8 nafar fuqaro safar qilgan.



