Joriy yilning 2-iyul kuni Milliy statistika qo‘mitasi raisi Behzod Hamrayev "Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi" tanlovi g‘oliblari bilan uchrashdi.

p

Uchrashuvda ayni paytda qo‘mitada amaliyot o‘tayotgan talabalarning ish jarayonlaridagi ishtiroki, ularning fikr va takliflari, shuningdek, iqtidorli va munosib nomzodlarni kelgusida tizimda ishga qabul qilish masalalari muhokama qilindi.

Ochiq va samimiy muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, statistika sohasida amaliy tajriba orttirish, kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda kelgusida sohada faoliyat yuritish bo‘yicha fikr almashdilar.

p

Uchrashuv yakunida stipendiantlarga tanlov g‘olibligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlar taqdim etildi.