Milliy statistika qo‘mitasida xodimlar o‘rtasida kitob ulashishga qaratilgan xayrli va ma’rifiy tashabbus o‘tkazildi.

photo_2026-07-03_16-55-39_p42417

Loyiha doirasida qo‘mita xodimlari o‘z shaxsiy kutubxonalaridan turli mavzudagi badiiy, ilmiy-ommabop va ma’rifiy kitoblarni olib kelib, ushbu ezgu ishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

p

To‘plangan kitoblar Milliy statistika qo‘mitasi kutubxonasiga joylashtirildi. Endilikda ushbu kitoblardan qo‘mita xodimlari, amaliyot o‘tayotgan talabalar hamda kitobxonlikka qiziquvchi barcha xodimlar foydalanishlari mumkin.

p

Bunday tashabbuslar xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ma’naviy muhitni yanada boyitish hamda bilim almashish an’anasini mustahkamlashga xizmat qiladi.