Joriy yilning 13–17-iyul kunlari Koreya Respublikasi Maʼlumotlar va statistika vazirligi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi amalga oshirilmoqda. Tashrif Oʻzbekiston Respublikasining statistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida tashkil etilgan.

Milliy statistika qoʻmitasida loyiha ijrosining joriy holati, amalga oshirilgan ishlar va navbatdagi bosqichlarga bagʻishlangan ishchi uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. Ularda Qoʻmita masʼul xodimlari hamda Koreya delegatsiyasi vakillari ishtirok etmoqda.

7b5a9955_p56818

7b5a0087_p74224

7b5a9899_p17031

7b5a9977_p53813

7b5a0095_p19175

Muzokaralar davomida loyiha komponentlarining bajarilish holati, mavjud texnik va tashkiliy masalalar, statistik maʼlumotlarni yigʻish tizimini takomillashtirish hamda keyingi vazifalar muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, kompyuter yordamida telefon orqali intervyu oʻtkazish — CATI tizimini joriy etish, ushbu yoʻnalishda konsultativ asoslarni ishlab chiqish, mutaxassislar malakasini oshirish va ekspertlik koʻmagini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tashrif doirasida 2026-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilishi rejalashtirilgan oʻquv dasturlari, tajriba almashish tadbirlari va hamkorlikning keyingi yoʻnalishlari ham koʻrib chiqilmoqda.

Ishchi uchrashuvlar loyiha vazifalarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish, statistika jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan.