Milliy statistika qo‘mitasida 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda mamlakatimizda millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va do‘stlik muhitini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, turli millat va elat vakillarining jamiyat hayotidagi faol ishtiroki hamda o‘zaro hurmat va hamjihatlik tamoyillarining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, xodimlarga O‘zbekistonda turli millat vakillarining bir maqsad yo‘lida ahil-inoq yashab, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgani, bu esa yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikning muhim omillaridan biri ekani ta’kidlandi.

photo_2026-07-27_12-33-47_p34680

photo_2026-07-27_12-34-07_p35240

photo_2026-07-27_12-34-11_p52105

photo_2026-07-27_12-34-22_p70614

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘rtasida fikr almashilib, xalqlar do‘stligi, millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini yanada keng targ‘ib etish yuzasidan mulohazalar bildirildi.

Mazkur tadbir xodimlar o‘rtasida vatanparvarlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va hamjihatlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

photo_2026-07-27_12-34-25_p72784

photo_2026-07-27_12-33-54_p47899