Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 251,8 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,2 foizga o‘sgan.

1-iyul holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 89 861 tani tashkil qildi.

Mazkur davrda ulgurji savdo tovar aylanmasi 283,3 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,5 foiz o‘sish qayd etildi.

1-iyul holatiga respublikamizda ulgurji savdo sohasida 56 363 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.

photo_2026-07-29_16-05-42_p70838