Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun 2026-yil yanvar–iyun oylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 338,9 trln so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 17,5 foizga oshgan.
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi:
— xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar — 235 628,2 mlrd so‘m;
— korxona mablag‘lari — 38 631,6 mlrd so‘m;
— O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar — 23 419,5 mlrd so‘m;
— aholi mablag‘lari — 19 033,2 mlrd so‘m;
— respublika byudjeti — 15 999,3 mlrd so‘m;
— tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 4 824,0 mlrd so‘m;
— tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari — 1 408,4 mlrd so‘m.



