2026-yil 6-avgust kuni Milliy statistika qo‘mitasida “Zamonaviy kibertahdidlar va himoya choralari, totalizator o‘yinlari, qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning salbiy oqibatlari” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Z. Ziyayev, Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi hamda Qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida zamonaviy kibertahdidlarning asosiy turlari, shaxsiy va xizmatga oid ma’lumotlarni himoya qilish, internet tarmog‘ida xavfsizlik qoidalariga rioya etish, shuningdek, totalizator, qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning inson hayoti, oilaviy muhit va jamiyatga salbiy ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Mutaxassislar tomonidan kiberjinoyatlarning oldini olish, shubhali havola va elektron xabarlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish, shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik hamda raqamli xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.


