Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga xorijdan qiymati 447,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 37 874 dona elektromobil import qilingan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 23,5 ming donaga yoki 2,6 barobarga oshgan.

Mazkur davrda Oʻzbekistonga eng koʻp elektromobil yetkazib bergan davlatlar:

Xitoy – 37 560 dona

Gonkong (Xitoyning maxsus maʼmuriy hududi) – 141 dona;

Koreya – 80 dona

Germaniya – 42 dona

AQSH – 21 dona

Boshqa davlatlar – 30 dona

c