2026-yil 13-avgust kuni Milliy statistika qo‘mitasida xodimlarning nutq madaniyati va notiqlik mahoratini oshirishga qaratilgan mahorat darsi tashkil etildi.

p

Mahorat darsini notiq, tarixchi va adabiyotshunos, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti katta o‘qituvchisi Jamoliddin Abdullayev olib bordi.

p

Tadbir davomida ta’sirchan va mazmunli nutq tuzish, fikrni auditoriyaga aniq hamda tushunarli yetkazish, tinglovchilar e’tiborini jalb qilish va uni saqlab turish usullari haqida batafsil ma’lumot berildi.

p

Shuningdek, nutq jarayonida ovoz imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish, talaffuz va ohang ustida ishlash, tana tilini samarali qo‘llash hamda sahna hayajonini yengish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

p

Tadbir xodimlarning kasbiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, nutq madaniyatini yuksaltirish va jamoatchilik oldida ishonchli chiqish qobiliyatini mustahkamlashga xizmat qildi.