Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyotning yalpi qoʻshilgan qiymati 245,5 trln soʻmni tashkil etdi.

Uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 22,9 foizni tashkil qildi.

Kuzatilmaydigan iqtisodiyot tarkibi quyidagicha:

uy xoʻjaliklari va jismoniy shaxslar faoliyati — 165,5 trln soʻm, YAIMdagi ulushi — 15,4 foiz;

yashirin iqtisodiyot — 80 trln soʻm, YAIMdagi ulushi — 7,5 foiz.

Faoliyat turlari boʻyicha uy xoʻjaliklari va jismoniy shaxslar faoliyati hamda yashirin iqtisodiyot hajmining tarkibida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi 60,5 %, xizmatlar sohasi 23 %, qurilish 17,8 %, sanoat 6,7 % ni tashkil etgan.

p