Milliy statistika qo‘mitasi raisi B. Hamrayev hamda xalqaro ekspertlar Anita Perjina, Mariana Toteva va Rasmiyya Aliyeva ishtirokida missiya yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

p

Uchrashuvda missiya doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalaridan milliy hisoblar hamda qishloq xo‘jaligi statistikasida samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

p

Shuningdek, statistik ma’lumotlarning o‘zaro muvofiqligi, izchilligi va sifatini ta’minlash, amaldagi metodologiyani xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda kuzatilmaydigan iqtisodiyotni statistik baholash bo‘yicha ekspertlarning xulosa va tavsiyalari tinglandi.

p

  1. Hamrayev xalqaro ekspertlarga missiya davomida amalga oshirilgan ishlar va bildirilgan amaliy tavsiyalar uchun minnatdorlik bildirdi. Tomonlar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini qayd etdilar.