Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonga 11 ta davlatdan qiymati 34 mln AQSH dollariga teng boʻlgan  421 918 tonna kartoshka import qilingan.

Import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan qariyb 46,9 ming tonnaga kamaygan.

Mazkur davrda Oʻzbekistonga eng koʻp kartoshka yetkazib bergan davlatlar:

Qozogʻiston —  337,9 ming tonna;

Pokiston —  33,8 ming tonna;

Qirgʻiz R. —  14,8 ming tonna;

Afgʻoniston —  13,5 ming tonna;

Niderlandiya —  9,7 ming tonna;

Boshqa davlatlar — 12,2 ming tonna.

k