Korxona yoki tashkilotingiz qaysi statistika hisobotlarini taqdim etishi va ularni qaysi muddatlarda topshirishi kerakligini oson aniqlashingiz mumkin.

Buning uchun stat.uz rasmiy veb-saytiga kirib, “Interaktiv xizmatlar” boʻlimidagi Taqdim etiladigan hisobotlar roʻyxati xizmatini tanlash hamda tashkilotingizning STIRini kiritish lozim.

screenshot-2026-08-24-204703_p89136

Shundan soʻng tizimda tashkilotingiz tomonidan taqdim etilishi lozim boʻlgan statistika hisobotlarining toʻliq roʻyxati va ularni topshirish muddatlari avtomatik ravishda aks etadi.

s

Muhim ogohlantirish!

Agar nomaʼlum shaxslar telefon, elektron pochta, messenjer yoki boshqa aloqa vositalari orqali siz bilan bogʻlanib, statistika hisobotlarini norasmiy usulda yuborishni soʻrasa, ehtiyot boʻling.

Statistika hisobotlari faqat e-Stat elektron hisobot tizimi orqali, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda onlayn shaklda taqdim etiladi. Hisobotlar messenjerlar, shaxsiy elektron pochta manzillari yoki boshqa norasmiy aloqa kanallari orqali qabul qilinmaydi.

Firibgarlardan ogoh boʻling va statistika hisobotlarini oʻz vaqtida taqdim eting!