Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir kilogramm palovning hududlar kesimida hisoblangan qiymatlari quyidagicha (2026-yil avgust oyi uchun):
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 109 605 so‘m;
Andijon viloyati — 115 377 so‘m;
Buxoro viloyati — 120 600 so‘m;
Jizzax viloyati — 119 372 so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 122 257 so‘m;
Navoiy viloyati — 120 850 so‘m;
Namangan viloyati — 119 776 so‘m;
Samarqand viloyati — 123 498 so‘m;
Surxondaryo viloyati — 121 367 so‘m;
Sirdaryo viloyati — 115 398 so‘m;
Toshkent viloyati — 124 226 so‘m;
Farg‘ona viloyati — 126 711 so‘m;
Xorazm viloyati — 119 940 so‘m;
Toshkent shahri — 130 285 so‘m.
Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:
kungaboqar yog‘i – 0,3 l
piyoz – 300 gr
mol go‘shti – 700 gr
sabzi – 1 kg
guruch (lazer) – 1 kg
no‘xat – 100 gr
zira – 10 gr
osh tuzi – 20 gr
Eslatib o‘tamiz, keltirilgan qiymatlar palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlar narxi asosida hisoblangan bo‘lib, ular hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palov narxini ifodalamaydi.


