Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 27,2 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizga oshgan.
Ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim sohasidagi xizmatlar eng yuqori ulushga ega bo‘lib, jami ta’lim xizmatlarining 41,2 foizini tashkil etgan.
Hududlar kesimida ta’lim xizmatlari hajmi:
Toshkent shahri — 14,5 trln so‘m;
Samarqand viloyati — 1,7 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati — 1,7 trln so‘m;
Namangan viloyati — 1,3 trln so‘m;
Andijon viloyati — 1,3 trln so‘m;
Toshkent viloyati — 1,2 trln so‘m;
Buxoro viloyati — 1,1 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 972,7 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 771,7 mlrd so‘m;
Surxondaryo viloyati — 712,0 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati — 694,1 mlrd so‘m;
Navoiy viloyati — 423,9 mlrd so‘m;
Jizzax viloyati — 361,8 mlrd so‘m;
Sirdaryo viloyati — 357,1 mlrd so‘m.


