Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajargan mutaxassis-tadqiqotchilar soni 43,1 ming nafarni tashkil etgan.

Bu 2024-yilga nisbatan 9,5 ming nafarga yoki 28,3 foizga ko‘p.

Shundan ayollar soni 17,4 ming nafar (jamiga nisbatan 40,4 foiz), erkaklar soni 25,7 ming nafar (jamiga nisbatan 59,6 foiz)ni tashkil etgan.

2025-yilda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga jami 1 680,6 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan. Bu 2024-yilga nisbatan 106,5 mlrd so‘mga yoki 6,8 foizga oshgan.

photo_2025-07-31_10-00-28_p27663