Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Toshkent shahrining yalpi hududiy mahsuloti 226 trln so‘mni tashkil etgan va 2025-yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizga o‘sgan.
Shu davrda respublika yalpi ichki mahsuloti shakllanishida Toshkent shahri 21,1 foizlik ulush bilan hududlar orasida eng katta hissa qo‘shgan.
Poytaxt YAHM tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 67,9 foizni tashkil etgan. Bu respublika hududlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Toshkent shahri YAHMining tarmoqlar bo‘yicha tarkibi:
xizmatlar sohasi — 67,9 %;
sanoat — 20,1 %;
qurilish — 12,0 %.


