2026-yil 8-sentabr kuni Milliy statistika qoʻmitasi hamda BMT Bolalar jamgʻarmasining (UNICEF) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi oʻrtasida “Multiindikator klaster kuzatuvi (MICS) 2027” loyihasini amalga oshirish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatni Milliy statistika qoʻmitasi raisi Behzod Hamrayev hamda UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Regina Maria Castillo imzoladi.

photo_2026-09-08_12-28-49_p57584

Imzolash marosimida Milliy statistika qoʻmitasi raisi boshchiligida markaziy apparatning masʼul xodimlari, shuningdek, UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etdi. Mazkur memorandum Oʻzbekiston va UNICEFning 2026–2030-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi doirasida bolalar, oʻsmirlar va ayollar farovonligini monitoring qilish, Barqaror rivojlanish maqsadlari koʻrsatkichlari hamda milliy va xalqaro majburiyatlarni baholash uchun ishonchli statistik maʼlumotlarni shakllantirishga qaratilgan.

photo_2026-09-08_12-28-51-2_p11814

Memorandum doirasida tomonlar MICS-2027 kuzatuvini tayyorlash va oʻtkazish, tanlanmani shakllantirish, maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlash, sifat nazorati, natijalarni tahlil qilish va eʼlon qilish yoʻnalishlarida hamkorlik qiladi. Shuningdek, UNICEF MICS jamoasi tomonidan tanlanmani shakllantirish, maʼlumotlarga ishlov berish, uy xoʻjaliklari kuzatuvini tashkil etish, natijalarni sharhlash va hisobot tayyorlash boʻyicha texnik koʻmak hamda maxsus seminarlar oʻtkazilishi nazarda tutilgan.

photo_2026-09-08_12-28-51_p92060