Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekistonga 18 ta davlatdan qiymati 47,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 39,8 ming tonna tovuq goʻshti import qilingan.
Import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 7,9 ming tonnaga yoki 24,8 % ga oshgan.
Mazkur davrda Oʻzbekistonga eng koʻp tovuq goʻshti yetkazib bergan davlatlar:
Turkiya — 10,2 ming tonna;
Rossiya — 7,2 ming tonna;
Xitoy — 5,2 ming tonna;
Belarus — 3,5 ming tonna;
AQSH — 3,4 ming tonna;
Boshqa davlatlar — 10,3 ming tonna.


