Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishida eng yuqori — 68,3 % ulush bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishiga to‘g‘ri kelgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari hajmi quyidagicha:

— bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishi — 155,3 trln so‘m;

— fuqarolik obyektlari qurilishi yo‘nalishi — 45,2 trln so‘m;

— ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi — 27 trln so‘m.

p