Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida 29 548 nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 15,3 ming nafarga yoki 2,1 barobarga oshgan.

Mazkur davrda O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Turkmaniston — 11 986 nafar;

Hindiston — 6 163 nafar;

Tojikiston — 2 271 nafar;

Xitoy — 1 311 nafar;

Pokiston — 1 252 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 1 028 nafar;

Misr — 852 nafar;

Koreya Respublikasi — 732 nafar;

Filippin — 620 nafar;

Boshqa davlatlar — 3 333 nafar.

o