Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi va Milliy statistika qoʻmitasi hamkorligida iqlim sohasida samarali, inklyuziv va shaffof chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun statistika va maʼlumotlarni takomillashtirishga bagʻishlangan mintaqaviy seminar davom etmoqda.

d

24-sentyabr kuni Milliy statistika qoʻmitasida oʻtkazilgan sessiyalarda Qoʻmitada amalga oshirilayotgan transformatsiya va modernizatsiya jarayonlari, 2026–2030-yillarga moʻljallangan statistikani rivojlantirish milliy strategiyasi, iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq statistikani muvofiqlashtirish, issiqxona gazlari inventarizatsiyasi va energetika statistikasi masalalari muhokama qilindi.

d

Shuningdek, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va yer resurslari statistikasi boʻyicha xalqaro ekspertlar va Milliy statistika qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokida fikr almashildi.

d

Mintaqaviy seminar 25-sentyabrga qadar davom etadi.

d

dsc09527