Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yil yanvar–avgust oylarida jami 212 265 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 30,5 ming nafarga yoki 16,8 foizga oshgan.

Ularning safar maqsadlari boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha:

sayohat — 176 137 nafar;

qarindoshlarni yoʻqlash — 31 158 nafar;

davolanish — 2 446 nafar;

xizmat yuzasidan — 1 233 nafar;

oʻqish — 1 291 nafar.

turkey_p13579