25-sentabr kuni iqlim sohasida samarali, inklyuziv va shaffof chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun statistika va maʼlumotlarni takomillashtirishga bagʻishlangan mintaqaviy seminar oʻz ishini yakunladi.

photo_2026-09-25_21-19-33_p98930

Seminar doirasida iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq statistikani rivojlantirish, milliy statistika tizimida maʼlumotlarni muvofiqlashtirish, issiqxona gazlari inventarizatsiyasi, energetika, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va yer resurslari, suv statistikasi, havo sifati va atmosferaga chiqarilmalar kabi ustuvor yoʻnalishlar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, ekologik-iqtisodiy hisoblar, tabiiy ofatlarga oid statistika, iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq maʼlumotlarni tarqatish hamda geofazoviy maʼlumotlar va statistik infratuzilmadan foydalanish masalalari boʻyicha fikr almashildi.

photo_2026-09-25_21-21-31-3_p61648

Yakunlovchi ishchi sessiyada muhokamalar natijalari umumlashtirilib, sohalar kesimidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Ushbu natijalar kelgusida iqlim statistikasini rivojlantirish boʻyicha milliy yoʻl xaritasi va amaliy chora-tadbirlar rejasini shakllantirish uchun asos boʻlib xizmat qilishi taʼkidlandi.

photo_2026-09-25_21-21-31_p62985

Seminarning yakunlovchi tadbirida Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari R. Maxammadiyev, Qoʻmita markaziy apparatining masʼul xodimlari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Tadbir yakunida tomonlar iqlim oʻzgarishi boʻyicha ishonchli va sifatli statistik maʼlumotlarni shakllantirish, xalqaro tajribani keng joriy eti va hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

photo_2026-09-25_21-21-31-2_p16878