Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga qiymati 43,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 18,9 ming tonna qo‘y go‘shti import qilingan.

Import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 5,2 ming tonnaga yoki 37,7 foizga oshgan.

Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p qo‘y go‘shti yetkazib bergan davlatlar:

Qozog‘iston — 16,9 ming tonna;


Mongoliya — 891,3 tonna;


Rossiya — 635,7 tonna;


Boshqa davlatlar — 517,2 tonna.