Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 577,7 ming nafarni tashkil etgan (o‘rindoshlarsiz).
Ushbu ko‘rsatkich 2024/2025-o‘quv yiliga nisbatan 12,8 ming nafarga yoki 2,3 foizga oshgan.
O‘qituvchilarning 72,5 foizi yoki 418,8 ming nafarini ayollar, 27,5 foizi yoki 158,9 ming nafarini erkaklar tashkil etgan.
Hududlar kesimida o‘qituvchilar soni:
Samarqand viloyati — 65,1 ming nafar;
Qashqadaryo viloyati — 65,1 ming nafar;
Farg‘ona viloyati — 60,6 ming nafar;
Surxondaryo viloyati — 52,3 ming nafar;
Andijon viloyati — 46,3 ming nafar;
Namangan viloyati — 42,6 ming nafar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 40,7 ming nafar;
Toshkent viloyati — 40,2 ming nafar;
Xorazm viloyati — 35,1 ming nafar;
Toshkent shahri — 34,1 ming nafar;
Buxoro viloyati — 33,4 ming nafar;
Jizzax viloyati — 25,7 ming nafar;
Navoiy viloyati — 22,3 ming nafar;
Sirdaryo viloyati — 14,2 ming nafar.


