Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi qariyb 370,6 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,8 foizga o‘sgan.

1-sentabr holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 92 434 tani tashkil qildi.

Mazkur davrda ulgurji savdo tovar aylanmasi 447,7 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,9 foiz o‘sish qayd etildi.

1-sentabr holatiga respublikamizda ulgurji savdo sohasida 58 261 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

photo_2026-10-05_13-54-53_p67957