Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabr holatiga O‘zbekistonda 456,7 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda.
Ularning 366,1 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) bo‘lib, jami tijorat tashkilotlarining 80,2 foizini tashkil etgan.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tijorat tashkilotlari soni:
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar — 366 051 ta (80,2 foiz);
xususiy korxonalar — 48 112 ta (10,5 foiz);
oilaviy korxonalar — 38 101 ta (8,3 foiz);
aksiyadorlik jamiyatlari — 648 ta (0,1 foiz);
boshqalar — 3 740 ta (0,8 foiz).


