Hurmatli yurtdoshlar!
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi jamoasi nomidan barchangizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ona tilimiz — xalqimizning milliy o‘zligi, boy tarixi, madaniyati va ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan bebaho boylikdir. U avlodlarni bir-biriga bog‘lab, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni asrab-avaylashda muhim o‘rin tutadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, uning ilm-fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalardagi qo‘llanilishini kengaytirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ona tilimizni asrab-avaylash, uning boy imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish, sofligi va jozibasini saqlagan holda kelgusi avlodlarga yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
Ona tilimiz qadri hamisha yuksalaversin!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi jamoasi


