Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 16 522 nafar Özbekiston fuqarolari öqiş maqsadida xorijga safar qilgan.
Bu körsatkiç 2025-yilning mos davriga nisbatan 8,1 ming nafarga yoki 33 foizga kamaygan.
Qayd etilişiça, 2025-yilning yanvar–sentabr oylarida özbekistonliklar öqiş maqsadida eng köp Tojikistonga (5 534 nafar) safar qilgan bölsa, 2026-yilning mos davrida Rossiya birinçi öringa çiqqan.
Mazkur davrda Özbekiston fuqarolari öqiş maqsadida eng köp safar qilgan davlatlar:
Rossiya — 3 847 nafar;
Qirğiz Respublikasi — 2 809 nafar;
Koreya Respublikasi — 2 118 nafar;
Turkiya — 1 818 nafar;
Xitoy — 1 248 nafar;
Qozoğiston — 1 112 nafar;
Tojikiston — 904 nafar;
Buyuk Britaniya — 784 nafar;
Germaniya — 374 nafar;
AQŞ — 231 nafar;
Boşqa davlatlar — 1 277 nafar.


