2026-yil 23-oktyabr kuni Milliy statistika qömitasida Maʼlumotlarni boşqariş komissiyasi hamda röyxatga oliş natijalari va qişloq xöjaligi yerlariga oid idoraviy maʼlumotlar bazalarini özaro birxillaştiriş böyiça idoralararo işçi guruh yiğilişlari ötkazildi.
Yiğilişlarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Milliy statistika qömitasi hamda vazirlik va idoralarning masʼul vakillari iştirok etdi.
Maʼlumotlarni boşqariş komissiyasi yiğilişida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentyabrdagi PF-190-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi va Komissiya faoliyatini taşkil etiş masalalari körib çiqildi.



Şuningdek, Maʼlumotlarni boşqariş komissiyasi va Oçiq maʼlumotlar reytingini yuritiş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş böyiça Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokama qilindi.
Davlat organlari va taşkilotlarida maʼlumotlarni boşqariş holatini 2026-yil 1-dekabrga qadar töliq xatlovdan ötkaziş tartibi hamda Komissiyaning yil yakunigaça amalga oşiradigan vazifalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada davlat organlarida maʼlumotlarni boşqariş holatini xatlovdan ötkaziş metodologiyasi taqdim etildi.
Idoralararo işçi guruh yiğilişida esa röyxatga oliş natijalari bilan qişloq xöjaligi yerlariga oid mavjud idoraviy maʼlumotlar bazalari örtasida aniqlangan tafovutlar muhokama qilindi.
Tafovutlarning kelib çiqiş sabablari, ularni bartaraf etiş böyiça zarur çora-tadbirlar, şuningdek, qişloq xöjaligining statistik registrini şakllantiriş va unga vazirlik hamda idoralarning maʼlumotlar bazalarini integratsiya qiliş masalalari körib çiqildi.

