2026-yil 28-oktyabr kuni Milliy statistika qömitasida BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) ekspertlari hamda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi vakillari bilan uçraşuv ötkazildi.

Uçraşuvda UNECEning barqaror rivojlaniş, uy-joy, yer resurslari va şaharsozlik böyiça mintaqaviy maslahatçisi Xaver Torner, şaharsozlik böyiça yetakçi maslahatçisi, Kardiff universiteti professori Oleg Golubçikov, şuningdek, tegişli taşkilotlar va Milliy statistika qömitasining mas’ul vakillari iştirok etdi.

Muloqot davomida mamlakat profilini tayyorlaş doirasida statistik hamkorlik yönalişlarini belgilaş, aholini röyxatga oliş jarayonida şakllantiriladigan uy-joy ma’lumotlari va ularni e’lon qiliş taqvimi muhokama qilindi.

Şuningdek, uy-joy, narxlar va quriliş statistikasi böyiça ma’lumot almaşiş tartibi, statistik körsatkiçlarni şakllantirişda xalqaro tajribani qöllaş hamda kelgusidagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

photo_2026-10-28_17-02-14_p46829

photo_2026-10-28_17-08-18_p64957

photo_2026-10-28_17-02-15_p63474

photo_2026-10-28_17-02-15-2_p50083