Joriy yilning 19- yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (ECO) Mintaqaviy rejalashtirish kengashining yetti kun davom etadigan 31- yig'ilishi onlayn rejimda o’z ishini boshladi.
Ma'lumot uchun: Mintaqaviy rejalashtirish kengashi – Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining asosiy rejalashtirish organi hisoblanib, ECO tadbirlar dasturi va rejasini ishlab chiquvchi ekspertlar guruhi hamda a'zo davlatlarning tegishli vazirlik va idoralar vakillarini o'z ichiga oladi.
Mazkur yig’ilish kun tartibidan savdo va investitsiya, transport va aloqa, energetika va ekologiya, turizm, qishloq xo'jaligi va sanoat, inson resurslari va barqaror rivojlanish dasturlari, sud va parlament hamkorligini muvofiqlashtirish, iqtisodiy tadqiqotlar kabi mavzular o‘rin oldi.
Yig‘ilishni O'zbekistondan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish, Investitsiyalar va tashqi savdo, Qishloq xo'jaligi, Adliya vazirliklari hamda Davlat statistika qo'mitasi xodimlari kuzatib bormoqda.
Tadbirda Davlat statistika qo'mitasidan Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig'i Odiljon Mamadaliyev hamda Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig'i Dilshod Zokirov ishtirok etmoqda.
Matbuot xizmati


