25/03/2021

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan shu yilning 24- mart kuni Toshkent viloyatining Samsara qishlog'ida “Milliy qadriyatlarimiz – beqiyos boyligimiz” shiori ostida milliy xalq o‘yinlari bo‘yicha festival o‘tkazildi.

navruzichi3250321

Mazkur tadbirni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad “Aholining sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlah va jismoniy faolligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 735-sonli qarorini “Pandemiyani sport orqali yengamiz!” shiori ostida hamda Vazirlar Mahkamasining "Sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlashdan iborat.

navruzichi4250321

Mazkur festivalda sport targ'ibotchilari, shuningdek, ularning oila a’zolari Respublikamizning 150 ta vazirlik va tashkilotlar ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar. Festival davomida bir necha yo'nalishda musobaqalar o'tkazildi. Xususan, 24- mart chorshanba kuni milliy kurash, chillak, tosh ko’tarish varrak uchirish va boshqa milliy xalq o’yinlari turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etildi. Unda tashkilotlarning sport targ'ibotchilari, shuningdek OAV vakillari ishtirok etdilar.

navruzichi5250321

Festivalning milliy kurash musobaqasi yakuni bo’yicha Davlat statistika qo'mitasi bosh mutaxassisi Inoyatov Sarvar faxrli uchinchi o'rinni qo'lga kiritib, sovrinli diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech