08/04/2021

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol ishtirok etmoqda.

1-285maktab

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi ishdan bo‘sh vaqtlarida Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholining muammolarini o’rganish, hududni obodonlashtirish maqsadida muntazam ravishda hasharlar tashkil etib kelmoqda.

2-285maktab

3-285maktab

Shu bilan bir qatorda, aholi, ayniqsa yoshlar uchun turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar ham tashkil qilinmoqda.

4-285maktab

Jumladan, joriy yilning 8- aprel kuni Yangihayot tumanidagi 285- maktabda Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, shoir Mansur Jumayev bilan uchrashuv tashkil etildi.

5-285maktab

Tadbirda maktabning faol o’quvchilari, ustozlar hamda Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr instituti vakillari qatnashdi.

6-285maktab

Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, shoir Mansur Jumayev o’quvchilarga yetuk adabiyot namoyondalarining ijod va hayot yo’llari haqida so’zlab berdi. Shuningdek, tadbir davomida o’zining ijodiy asarlaridan parchalar keltirdi.

7-285maktab

Mazkur uchrashuv tom ma’noda adabiy kechaga aylandi. Maktab o’quvchilari ham tadbirda o’zlari yodlab kelgan she’rlari bilan faol qatnashdi.

8-285maktabTadbir yakunida o’quvchilarga 50 dan ortiq badiiy kitoblar sovg’a qilindi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech