2021- yil 29- aprel kuni videokonferensaloqa rejimida Jahon savdo tashkilotiga (JST) a'zo bo'lish bo'yicha muzokaralar doirasida davlatning iqtisodiyot va tashqi savdoda ishtirok etishi masalalari bo'yicha trening bo'lib o'tdi.
Mazkur trening O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish bo'yicha ishchi guruhining 5- majlisiga tayyorgarlik ko'rish doirasida o'tkazildi. Ayni paytda mas'ul organlar tomonidan mamlakat tashqi savdo rejimining tizimli masalalarini hal etish, shu jumladan, iqtisodiyotda davlat ishtiroki bo'yicha pozitsiyani shakllantirish bo'yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.
Treningda xalqaro ekspert, Xalqaro savdo markazi maslahatchisi V. Ognivtsev davlat xaridlari, narx shakllanishi va xususiylashtirish masalalari bo'yicha maslahatlar berdi, savdo korxonalari va bozor iqtisodiyoti mezonlarini belgilash bo'yicha AQSh va Evropa Ittifoqi davlatlarining qonunchilik bazasi tajribasi va ushbu mamlakatlarning JSTdagi o’rni xususida taqdimot qildi.
Treningda Davlat statistika qo'mitasining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo boshqarmasi boshlig'i Batir Irgashev ishtirok etdi.
Taqdimotlar yakunida O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a'zo bo'lishi bo'yicha istiqbolli vazifalar va mavzu bo'yicha boshqa masalalar muhokama qilindi.
Matbuot xizmati


