10/06/2021

Joriy yilning 10- iyun kuni Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash instituti (SESRIC) hamda Turkiya statistika instituti (TurkStat) bilan hamkorlikda rasmiy statistika uchun noan'anaviy ma'lumotlar manbalari va usullari, Big Datani qo'llashga bag'ishlangan onlayn seminar tashkillashtirildi.Sesrikichi1100621

Ushbu vebinar Islomiy hamkorlik tashkiloti a'zo mamlakatlari uchun statistik tajriba almashish bo'yicha SESRIC vebinarlari sirasiga kiradi.

Tadbir statistika va axborot departamenti direktori doktor Atilla Karaman va Indoneziya statistika boshqarmasi vakili Janob Setia Pramanning kirish so'zlari bilan ochildi.Sesrikichi2100621

Tadbirda, Axborot resurslarini boshqarish va interaktiv davlat xizmatlari bo'limi boshlig'i Shaxboz Samadov ishtirok etdi.Sesrikichi3100621

Seminarning maqsadi- sun'iy yo'ldosh tasvirlari ma'lumotlari, mobil telefon, skanerlash ma'lumotlari, avtomatlashtirilgan identifikatsiyalash tizimi (AIS) yordamida kema kuzatuv, yerning kuzatuv ma'lumotlari kabi katta ma'lumotlar va noan'anaviy ma'lumotlar manbalari va usullarini qo'llash masalasini ko'rib chiqishdan iborat bo'lib, bu statistika sifatining ayrim jihatlarini o'z vaqtida va dolzarbligi, xolislik va metodologik asosni buzmasdan yaxshilashga yordam beradi.Sesrikichi4100621

Tadbir ishtirokchilari Malayziyaning Statistika narxlarini tahlil qilish bo'yicha tajribasi (PI) - veb-brauzer yordamida ma'lumotlarni yig'ish, katta ma'lumotlardan foydalanish bo'yicha Iordaniya hamda Saudiya Arabistoning ish bilan bandlik ma'lumotlaridan foydalanish va uni turli ko'rsatkichlar bo'yicha ishsizlik bilan taqqoslash tajribalari bilan tanishtirildi.Sesrikichi5100621

Tadbir yakunida ishtirokchilar statistik amaliyotning barcha dolzarb masalalari bo’yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. 

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech