Qo`mita yangiliklari

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 11 880,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 3,9 % ga o‘sdi.

 2022- yilning yanvar-mart oylarida 289 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida, Jizzax viloyati  uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 175 tani tashkil etdi.

 Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:

2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 13,2 mlrd. AQSH dollariga teng boʻldi.

2022- yilning  yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda 24,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022-yilning mart oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:

2022- yilning yanvar-mart oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 58,6 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davridagi  ko‘rsatkichiga nisbatan 1,1 % punktga ko‘paydi.

Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni ko‘pligi bo‘yicha hisoblanganda 2 o‘rinni xususiy korxonalar egallagan bo‘lib, ular

2022- yilning yanvar-mart oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 14,7 trln. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 29,4 % ini tashkil etdi.

2022- yil 1- yanvar holatiga umumfoydalanishdagi temir yo’llar uzunligi 4 732,8 kmni tashkil etdi.

Surxondaryo viloyatida 2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 47,9 % ini tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrda:

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 16 052,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 3,7 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 35,2 % ga yetdi va o‘tgan yilga nisbatan 0,4 foiz punktga oshdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Toshkent shahrida kuzatilib, hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 32,1 % i yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 183,4 % ni tashkil etdi.