Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, huquq va buxgalteriya hisobi sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 751,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 4,1 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 102,5 % ni, sanoat – 104,5 % ni, qurilish – 105,9 % ni, xizmatlar sohasi – 105,4 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 107,8 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 7358,5 mlrd. so‘mni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan-102,3 % o‘sish sur'atiga erishdi.

Respublikamizda joriy yilning yanvar-sentabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 2017- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, propan narxlari 2022-yil oktabr oyida sentabr oyiga nisbatan 6,6 % ga arzonlashgan.

2021- yilda  tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof  tushum 22 567,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu esa 2020- yilning mos davriga nisbatan 6 856,7 mlrd.so‘mga ko‘p demakdir.

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

Respublikaga 2022-yil yanvar-sentabr oylarida jami 3587,1 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan, shundan 1 838,9 ming nafari (51,3 %) ayollar 1 748,3 ming nafari (48,7 %) erkaklar.

21- oktabr – yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. Davlat statistika qo‘mitasida ham O‘zbek tili bayrami munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

2022-yil yanvar-sentyabr oylarida jami 3 875,9 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda respublikadan chiqib ketgan.

Toshkent shahar Olmazor tumani “Chamanbog‘” MFY faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi Xudoyberdiyev Faxriddin Farxod o‘g‘li ham oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy yordam ko‘rsatish, ehtiyojmand oilalarga ko'mak berish yo‘lida harakat qilayapti.

2022-yilning sentabr oyida Respublika boʻyicha 31537 ta nikoh holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 689,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha umumiy qiymati 125,2 mlrd.so‘mga teng jami 1775 qatnovga va 30 o‘ringa mo‘ljallangan 23 ta kasalxona va poliklinikalar  ishga tushirildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida respublikadagi tugʻilish koeffitsiyenti 25,6 promilleni tashkil etgan. Quyida tugʻilish koeffitsiyenti eng kam 10 ta tuman va shaharlar haqida  maʼlumot keltirilgan.

Ayni paytda registratorlar tomonidan oʻrganilgan mahalla xaritalari hududiy  kadastr boʻlimlari tomonidan qayta ishlanmoqda.

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra Toshkent shahrida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 66,2 %ni tashkil etadi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami 23 ta  kasalxona va poliklinikalar ishga tushirilgan bo`lib, ularning 60,9 % i rekonstruksiya natijasida ishga tushirilib, qolgan 39,1 % i yangitdan qurildi.