Qo`mita yangiliklari

Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumaniga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib biriktirilgan Murodjon Xabibullayev ham tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilmoqda.

2022- yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda jami 3 226,7 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan.

Respublikamizda 2022- yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 61 235 tani tashkil etgan.

2022 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 655 mln. AQSh dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan.

2022 yilning 1- yanvar holatiga respublikamizdagi ta'lim tashkilotlarida jami 685,4 ming nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqda.

2022-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatga qiymati 20,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 53,5 mingta kondisioner eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Samarqand viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning asosiy qismi ishlab chiqarish sanoatida jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 30,2 % ni, elektr energiyasi, gaz, bug‘ va konditsiyalangan havo faoliyatida - 12,6 %, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida– 9,0 %, ulgurji va chakana savdo -
8,6 %, qurilish – 2,5 % va boshqa faoliyat turlarida -37,1 % ni tashkil etdi.

Toshkent viloyatida 2022- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining YAHMdagi ulushi 45,1 % ni tashkil etdi,

2022- yilning yanvar-avgust oylarida, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 26,6 % ni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 4,3 % punktga kamaydi.

2021/2022- o‘quv yili boshida 27 ta oliy ta’lim tashkiloti va 8 ta kollejda turizm sohasi uchun mutaxassislar tayyorlanmoqda.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida jami 6,3 trln.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida fuqarolik obyektlarini qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori o‘sish sur’ati Samarqand viloyati (2021- yilning mos davriga nisbatan 309,2 %), Toshkent viloyati (2021- yilning mos davriga nisbatan 139,5 %), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2021- yilning mos davriga nisbatan 109,8 %) va Xorazm viloyati (2021- yilning mos davriga nisbatan 105,7 %)ga to‘g‘ri keldi.

Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O’zbekiston Respublikasida  kichik korxonalar va mikrofirmalardagi shifoxona muassasalari soni 2021-yil yakuniga ko‘ra  637 tani tashkil etdi. Ushbu raqamlarni 2017-yilga ( 2017-yilda jami 493 ta) nisbatan taqqoslaganda 29,2 % ga ortgani kuzatildi.

Aziz ustoz va murabbiylar, taʼlim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan barcha pedagog-xodimlar – barchangizni Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklab, eng ezgu tilaklarni izhor etamiz.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

2022- yilning sentabr oyida iste’mol bozoridagi narxlarning o‘rtacha darajasi 1,0 % ga oshdi

Joriy yilning 30-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasining Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “1- oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

2022- yilning  yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 19 ta xorijiy davlatlarga qiymati 6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 7 ming tonna qalampir eksport qilgan.